1

Ayni soatda yana 20 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

Jamiyat 29.05.2020, 23:12
Ayni soatda yana 20 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

020 yil 29 may soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3488 (+20) nafarni tashkil etmoqda.

Yangi kasallanish holatlarining 4 nafari Samarqand viloyatida aholi orasidan aniqlangan. Shuningdek, shu yilning 25 mayida Rossiya, 26 mayda esa Qozog`istondan Qo`ng`irot tumanidagi chegara posti orqali mamlakatimiz xududiga kirib kelgan 2 nafar xalqaro yuk tashuvchi avtomashina haydovchisida tasdiqlangan. Koronavirus infeksiyasi qayd etilishi  bilan bog`liq bo`lgan bugungi yana 14 holat shu yilning 25 mayida Ekaterinburg -Toshkent yo`nalishidagi charter reys bilan yurtimizdagi Karantin markaziga olib kelingan fuqarolar orasida aniqlandi.  

Ayni paytda yurtimizda 2728 (+34) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar butunlay sog`aydi.  

Avval xabar qilganimizdek, tuzalganlarning 5 nafari Qoraqalpog`iston Respublikasi, 7 nafari Samarqand viloyati hamda 22 nafari Toshkent shahridan.

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 746 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda. 

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1