Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.
Shu bilan birga 2020 yil 1 iyundan boshlab quyidagi faoliyat turlariga ham ruxsat berilmoqda:
* "qizil" hududlarda:
➖ rieltorlik faoliyati;
➖ reklama va marketing faoliyati;
*"sariq" hududlarda "qizil" hududlarga qo`shimcha ravishda:
➖ avtomototransport vositalari haydovchilarini tayyorlash va qayta tayyorlash bilan shug`ullanuvchi tashkilotlar faoliyati (bunda, nazariy mashg`ulotlar masofadan turib (onlayn) o`qitish orqali amalga oshirilishi, amaliy mashg`ulotlar esa sanitariya talablariga qat`iy rioya qilgan, shu jumladan, tibbiy niqob, tibbiy qo`lqopdan foydalangan hamda avtotransport vositalarini dezinfeksiya qilgan holda tashkil qilinishi lozim);
➖ davlat tashkilotlarida autsorsing asosida ovqatlanish xizmatlarini ko`rsatuvchi tadbirkorlik sub`ektlari faoliyati;
*🟢 "yashil" hududlarda "sariq" hududlarga qo`shimcha ravishda:
➖ sanatoriylar, pansionatlar, bolalar oromgohlari, mehmon uylari, boshqa dam olish maskanlari va joylashtirish vositalari faoliyati (xostellar bundan mustasno);
➖ sport seksiyalari, to`garaklari, sport zallari va fitnes klublar faoliyati;
➖ oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazish.
Bunda oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni fuqarolarning uy-joyi va hovlisining o`zida 30 kishidan ko`p bo`lmagan (faqat yaqin qarindoshlar va ushbu tuman hududida istiqomat qiluvchi boshqa qarindoshlar) hamda sanitariya va gigiena talablariga qat`iy rioya etgan holda o`tkazishga ruxsat beriladi.
❌ O`z navbatida karantin davrida oilaviy tantana, to`y, ma`raka va marosimlarni o`tkazishning belgilangan talablarini buzgan shaxslar epidemiyalarga qarshi kurash qoidalarini buzganlik uchun ma`muriy javobgarlikka tortiladi.