AsosiyJamiyat

Barcha hududlarda toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi

'Barcha hududlarda toifasidan qat`iy nazar saqlanib qolishi shart bo`lgan talablar e`lon qilindi'ning rasmi

Avval xabar qilganimizdek, Respublika maxsus komissiyasi qarori bilan amaldagi karantin talablari 2020 yil 15 iyunga qadar uzaytirildi.

Unga ko`ra, "yashil", "sariq", "qizil" hududlarga toifasiga ko`ra bir nechta harakatlar uchun ruxsat berildi. 

Biroq, shu bilan bir qatorda BARChA HUDUDLARDA ularning toifasidan qat`i nazar quyidagi karantin talablari saqlab qolinishi belgilandi:

* jamoat joylarida ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlash,  

*uch kishidan ortiq yig`ilmaslik, fuqarolarning tibbiy niqobdan hamda antiseptik vositalaridan foydalanishi;

* ta`lim tashkilotlari (bog`cha, maktab, lisey, kollej, texnikum, institut, universitet va boshqalar), o`quv kurslari faoliyatini yo`lga qo`ymaslik;

* ko`ngilochar ob`ektlar — tungi klublar, diskoteka, restoran, kafe, oshxona, choyxona, spa va massaj salonlar, karaoke, bilyard zallari, chilim (kalyan) va kompyuter o`yinlari markazlari faoliyatiga yo`l qo`ymaslik;

* konsert, teatr, kinoteatr va sport tadbirlarini (professional futbol klublari o`quv mashg`ulotlari va O`zbekiston professional futbol ligasi chempionatlari bundan mustasno) o`tkazmaslik;

*jamoat transporti harakatiga ruxsat bermaslik;

* buyum bozorlari faoliyatiga ruxsat bermaslik;

* dehqon, qurilish bozorlari, oziq-ovqat va nooziq-ovqat savdo nuqtalari (supermarket va boshqa yirik do`konlar) kirish-chiqish joylarini pirometrlar va antiseptik vositalar bilan jihozlash hamda har bir fuqaroning tana haroratini o`lchab, 37ºS va undan yuqori bo`lgan holatda, ushbu majmualarga kiritmaslik choralarini ko`rish;

* barcha tashkilotlar kirish-chiqish joylarini pirometrlar, antiseptik vositalar va dezinfeksion "to`shak"lar bilan ta`minlash hamda xodimlar tomonidan ijtimoiy masofa (2 metr)ni saqlagan holda faoliyat yuritishini ta`minlash;

* qurilish-ta`mirlash ishlarida ob`ektlarning hududi to`liq karantinga olinishi va hududiy sanitariya-epidemiologiya osoyishtalik markazlari bilan birgalikda ob`ektlarda sanitariya-gigiena tadbirlarining amalga oshirilib borilishi. Bunda, ushbu tashkilotlarning faoliyat olib borish davrida sanitariya va gigiena qoidalariga to`liq rioya qilish, o`z faoliyatini faqatgina tegishli ob`ekt hududi doirasida tashkil etish.  

 

 "Qizil" toifaga kiruvchi hududlarda karantin cheklovlari talablarini bajarmaslik, shuningdek, "yashil" va "sariq" toifaga kiruvchi hududlarda ruxsat berilgan faoliyat turlarini o`rnatilgan maxsus talablarga rioya etmagan holda amalga oshirish tegishli javobgarlikka sabab bo`ladi.

    Boshqa yangiliklar