AsosiyJamiyat

Bu yil o`qituvchilarning ta`til pullari kamayib ketadimi?

'Bu yil o`qituvchilarning ta`til pullari kamayib ketadimi?'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda bu yil o`qituvchilarning ta`til pullari kamayib ketishi haqida turli xabarlar tarqalmoqda va muhokamalarga sabab bo`lmoqda. Xalq ta`limi vazirligi mazkur axborotlarga aniqlik kiritdi.

"Xodimlarni yillik asosiy mehnat ta`tili uchun to`lovlarni amalga oshirish uchun o`rtacha ish haqini hisoblashda Direktor jamg`armasidan to`langan to`lovlar inobatga olinmasligi xavotirga solmoqda.

Shu munosabat bilan hamda xalq ta`limi tizimi xodimlarini moddiy qo`llab-quvvatlash va ta`til pullarini kamayib ketishini oldini olish maqsadida, tizimdagi ta`lim muassasalari xodimlarining mehnat ta`tili to`lovlarida Direktor jamg`armasidan amalga oshirilgan to`lovlarni ham inobatga olinishi bo`yicha ko`rsatma xati taqdim etildi.

 

    Boshqa yangiliklar