AsosiyJamiyat

31 may soat 6:00dan boshlab Urgut tumanida karantin qoidalari kuchaytiriladi. Stikerli mashinalarning erkin harakati bekor qilindi

'31 may soat 6:00dan boshlab Urgut tumanida karantin qoidalari kuchaytiriladi. Stikerli mashinalarning erkin harakati bekor qilindi'ning rasmi

Ertaga, 31 may kuni ertalab, soat 6:00 dan boshlab Urgut tumanida karantin qoidalari  kuchaytiriladi. Bu haqda "darakchi.uz"ga Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi xabar berdi.

Belgilangan talablarga ko`ra, stikerlari mavjud bo`lgan  avtomobillarning erkin harakatlanishi bekor qilindi.  

Endilikda faqatgina stikerlari mavjud bo`lgan avtomobillarga ertalab soat 6:00 dan 10:00gacha  va kechki soat 17:00 dan 22:00 gacha harakatlanishga ruxsat beriladi.

 Stikersiz yoki belgilangan vaqt oralig`idan tashqari harakatlanish karantin qoidalarini buzish xisoblanib, ma`muriy javobgarlikka sabab bo`ladi.

 

    Boshqa yangiliklar