AsosiyJamiyat

"Farhod" bozori 1 iyundan boshlab 15 kunga yopilishi haqida xabar tarqaldi. Rasmiylar aniqlik kiritdi

'"Farhod" bozori 1 iyundan boshlab 15 kunga yopilishi haqida xabar tarqaldi. Rasmiylar aniqlik kiritdi'ning rasmi

Feysbuk ijtimoiy tarmog`idagi guruhlardan birida 2020 yilning 1 iyunidan Toshkent shahridagi "Farhod" bozori 15 kunga yopilishi to`g`risida xabar tarqaldi.

Uchtepa tumani hokimligi ushbu ma`lumot haqiqatga to`g`ri kelmasligini ma`lum qildi.

Tuman sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi bosh shifokori A.Hasanov ta`kidlashicha, bozor hududida korornavirus infeksiyasidan zararlanish bilan bog`liq birorta ham holat aniqlanmagan.

 Bozor belgilangan tartibda ish faoliyatini davom ettirmoqda.

    Boshqa yangiliklar