“O`zavtosanoat” AJ qoshida tashkil etilgan “Research and Development Center” ishlanmalar markazi mutaxassislari Toshkent shahridagi Turin politexnika universiteti (TPU) talabalari bilan birgalikda prototip ustida ish olib bordi.
Apparatning texnik xarakteristikalari o`z ichiga namlik, bosim, kislorod va harorat darajasi sensorlarini oladi – ularning ko`rsatkichlari apparat xotirasida saqlanib qoladi. Bundan tashqari, O`SV apparati tozalash tizimi bilan ta`minlangan – ishlangan havo filtr oraqli o`tadi, uni almashtirish qiyinchilik tug`dirmaydi.
Prototip uzluksiz ozuqa manbai bilan jihozlangan, u apparatning kamida bir soat ishlashini ta`minlaydi.
Tannarxi bozordagi shu kabi apparatlarning bir necha barobar arzon bo`lgan qurilma butkul “O`zavtosanoat” tuzilmasi mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va yig`ilgan.