Poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 33 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasidan 14 nafar, jami 47 nafar bemor sog`ayib, reabilitasiyaga kuzatildi, deb xabar bermoqda SSV.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 10 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, ular orasida Toshkent va Xorazm viloyatlaridan 5 nafardan, Samarqand viloyatidan 4 nafar, Farg`ona viloyatidan 3 nafar, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Sirdaryo, Jizzax, Buxoro, Surxondaryo viloyatlari va Toshkent shahridan 2 nafardan, Andijon, Qashqadaryo, Namangan viloyatlari hamda Qozog`iston Respublikasidan 1 nafardan fuqaro bor.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 nafari erkak, 6 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 57 yoshda, yoshi kichigi 11 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, Toshkent va Farg`ona viloyati hamda Toshkent shahridan 2 nafardan, Qoraqalpog`iston Respublikasi, Surxondaryo, Qashqadaryo, Samarqand, Sirdaryo, Andijon, Namangan va Xorazm viloyatlaridan 1 nafardan.
Shunday qilib, Toshkent shahrida bugun sog`ayganlar – 1110 nafarga, yurtimizda jami virusni engganlar 2837 nafarga etdi.