AsosiyJamiyat

15-o`lim. Poytaxtlik ayol koronavirusdan vafot etdi

'15-o`lim. Poytaxtlik ayol koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

O`zbekistonda koronavirusga chalingan yana bir bemor vafot etdi. Bu haqda SSV xabar berdi.

Aniqlanishicha, 1957 yilda tug`ilgan poytaxtlik X. da shu yilning 30 may kuni “Covid-19” aniqlanib, Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasiga yotqizilgan edi. 63 yoshli (ayol) bemor shu yilning yanvar oyida bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishi (insult) tashxisi bilan davolangan.  

Bemorning  davolanishi davomidagi kunlik ahvoli mamlakatimizdagi  shu sohaga ixtisoslashgan tibbiyot muassasalarining  mutaxassislari  nazoratida bo`lgan. Ular tomonidan muntazam  konsiliumlar o`tkazib turilgan. Biroq nevropatolog, kardiolog, virusolog, pulmonolog,  reanimatologlarning  belgilangan standartlar asosida o`tkazgan reanimasion muolajalariga qaramasdan sun`iy nafas olish apparatida bo`lgan bemor  bosh miya qon aylanishining o`tkir buzilishi, o`pka-yurak etishmovchiligidan  vafot etdi.

Bu bilan O`zbekistonda ushbu xastalikdan vafot etganlar soni 15 nafar bo`ldi. 

    Boshqa yangiliklar