Mamlakatimizning qator hududlari qatori, Toshkent shahrida ham aholi orasida kasallanish holatlari hamon oshib bormoqda. Jumladan, poytaxtimizda bugun ayni paytga qadar karonavirusga chalingan 10 nafar fuqarodan 4 nafarini aholi orasidan aniqlanganlar tashkil etdi. Jumladan, “O`rikzor” savdo majmuasida do`kon sotuvchisi va uning qizida, shuningdek, sotish uchun mahsulotlarni ushbu savda majmuasidan olib, Yunusobod tumanida joylashgan do`konida faoliyat ko`rsatuvchi sotuvchi va uning turmush o`rtog`ida ham koronavirus tasdiqlangan. Bu haqda SSV xabar berdi.
️Poytaxtimiz, Samarqand va Navoiy viloyatlariga qo`shimcha ravishda, Namangan va Buxoro viloyatlarida ham kasallanish holatlarining uchrayotgani barchamiz uchun jiddiy ogohlantirish signallari ekanini yodda tutishimiz lozim. Ushbu holatlar oddiy, ammo zarur bo`lgan karantin qoidalarini turmush tarzimizning bir qismiga aylantirishimiz shart ekanini ko`rsatmoqda.
️Shu bois Sog`liqni saqlash vazirligi aholidan zarurat bo`lmaganda ko`chaga chiqmaslik, ijtimoiy masofani saqlash, jamoat va odamlar to`plangan joylardan uzoqroq yurish, doimo tibbiy niqobni taqish kabi karantin qoidalariga qat`iy amal qilish lozimligini qayta-qayta so`rab qoladi. Ushbu tavsiyalarga o`zingiz va yaqinlaringiz sog`ligi uchun amal qiling.