1

Beruniy tumanidagi AYoQShda sodir bo`lgan yong`in haqida rasmiy ma`lumot berildi

Jamiyat 02.06.2020, 21:48
Beruniy tumanidagi AYoQShda sodir bo`lgan yong`in haqida rasmiy ma`lumot berildi

Qoraqalpog`iston Respublikasi Beruniy tumanida bugun kunduzgi soat 11:37 lar chamasida «Ikrom-Azizbek-Akrom» xususiy korxonasiga qarashli ko`p tarmoqli avtomobillarga yoqilg`i quyish shoxobchasida yong`in kelib chiqqqani va metan gaz portlagani haqida saytimizda yozgan edik.

Yong`inni bartaraf qilish uchun yong`in o`chirish texnikalari va Favqulodda vaziyatlar bo`limining maxsus texnikalari etib kelgan. Bu haqda Karakalpakstan.uz xabar berdi.

Yong`in 13:40 da qamrab olingan va 14:10da butunlay bartaraf etilgan. Yong`in natijasida jabrlanganlar yo`q. Hech kimga ziyon etmagan. Hozirda barcha tozalash ishlari olib borilayotgani aytilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1