Toshkentda aholi orasida yana ikki kishida koronavirus aniqlandi, Navoiyda esa 7 kishida

Jamiyat 02.06.2020, 23:58
Toshkentda aholi orasida yana ikki kishida koronavirus aniqlandi, Navoiyda esa 7 kishida

2020 yil 2 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 3760 (+10) nafarni tashkil etmoqda, deya xabar qildi SSV.

 Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Navoiy viloyatida koronavirusga chalinganlar bilan muloqotda bo`lib qarantinga olingan fuqarolar orasida, 2 nafari Toshkent shahrida aholi orasida, 1 nafari esa Karantin markazidagi (Qozog`iston Respublikasi orqali yurtimizga kirib kelgan) fuqarolar orasida aniqlangan.

 Ayni paytda yurtimizda 2908 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqaro (77 foizi) sog`aydi.  

Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 837 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1