Qirg`iziston hukumati O`zbekistonga 3 ta yuk mashinasida insonparvarlik yordami yubordi. Bu haqda Sirdaryo viloyati hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Insonparvarlik yordamini Qirg`iziston elchisi maslahatchisi Guplan Jumaliev delegasiyasi olib kelgan. Ularni Sirdaryo viloyati hokimi o`rinbosari Doniyor Madrimov, viloyat prokurori Ravshan Masharipov hamda viloyat nuroniylari Guliston shahrida kutib olgan.

Qayd etilishicha, insonparvarlik yukida 20 tonna makaron, 20 tonna guruch, 10 tonna o`simlik yog`i, 10 tonna shakar, 5 tonna suv, 10 tonna kartoshka olib kelindi.