1

Prezident: So`nggi 10 kunda kuniga o`rtacha 70-80 kishida kasallik aniqlandi. Xotirjamlikka o`rin yo`q

Siyosat 03.06.2020, 23:02
Prezident:  So`nggi 10 kunda kuniga o`rtacha 70-80 kishida kasallik aniqlandi. Xotirjamlikka o`rin yo`q

Avval xabar berilganidek, bugun, 3 iyun kuni Shavkat Mirziyoev raisligida kambag`allikni qisqartirish masalalari bo`yicha videoselektor yig`ilishi o`tkazildi.

Videoselektorda davlat rahbari mamlakatimizda koronavirus bilan bog`liq vaziyatga to`xtalib o`tdi. So`nggi o`n kunda o`rta hisobda kuniga 70-80 kishida kasallik aniqlangani, hali xotirjamlikka o`rin yo`qligini ta`kidladi.

Oxirgi bir oyda 32 ta charter reys orqali 8 mingga yaqin, chegara postlari orqali 20 mingdan ortiq fuqarolar yurtimizga olib kelingan. Ularning ko`pchiligida kasallik topilgan. 

Shuningdek, qariyb 200 nafar xalqaro yuk tashuvchi haydovchida koronavirus aniqlangan. Umuman, hozirgi kunda uy sharoitida 26 ming, stasionarda 21 ming kishi karantinda qolmoqda.

Prezident «qizil» va «sariq» hududlar hisoblangan viloyat, shahar va tumanlarda karantin qoidalariga qat`iy amal qilish shartligini yana bir bor aytib o`tdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1