1

15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...

Jamiyat 04.06.2020, 06:48
15 iyundan O`zbekistonda kafe va restoranlar ochiladi, faqat...

Respublika maxsus komissiyasining navbatdagi qarori e`lon qilindi. Unga ko`ra:

2020 yil 15 iyundan boshlab  “yashil” va  “sariq” hududlarda umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyatiga ruxsat berilmoqda:

Shu bilan bir qatorda umumiy ovqatlanish ob`ektlari faoliyatini tashkil etishga qo`yiladigan asosiy talablar sifatida quyidagilar belgilab qo`yildi:

* banketlar va boshqa ommaviy tadbirlarni o`tkazishga yo`l qo`ymaslik;

* faoliyatini 8:00 dan 23:00 ga qadar tashkil etish;

* stollar oralig`idagi 2 metrdan kam bo`lmagan ijtimoiy masofani ta`minlash;  

* bir stol atrofida 4 kishidan ko`p bo`lmagan (10 kishidan ko`p bo`lmagan bir oila a`zolari bundan mustasno) mijozlarni joylashtirish;  

*xodimlarning tibbiy niqob va tibbiy qo`lqopda bo`lishi;  

* har bir mijozdan keyin stol va boshqa jihozlarning yuza qismini dezinfeksion vositalar bilan tozalash;

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1