1

Tanzila Norboevaga yana bir mas`uliyatli lavozim topshirildi

Siyosat 04.06.2020, 12:57
Tanzila Norboevaga yana bir mas`uliyatli lavozim topshirildi

O`zbekistonda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo`yicha respublika kengashi tashkil etildi. Oliy Majlis Senati Raisi Tanzila Narbaeva mazkur Kengash raisi bo`ldi.

Kengashning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy-huquqiy taraqqiyot darajasini tizimli tahlil qilib borish, turli sohalarda amalga oshirilayotgan tub o`zgarishlarning O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadlariga xizmat qilishini ta`minlash, mazkur yo`nalishdagi ishlarning samaradorligiga to`siq bo`layotgan muammolarni bartaraf etish;

O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslarda mamlakatning o`rnini yaxshilash maqsadida davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimini takomillashtirish, jamiyatni demokratlashtirish, ilg`or xalqaro tajribaga asoslangan davlat va jamiyat qurilishi sohasidagi islohotlarni amalga oshirish bo`yicha tashabbuslarni ilgari surish;

davlat va jamiyat hayotining turli jabhalarini tartibga solishga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar va ularning loyihalarini O`zbekiston Respublikasi uchun ustuvor bo`lgan xalqaro reyting va indekslardagi mamlakatning o`rniga ta`siri nuqtai nazaridan kompleks baholab borish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1