AsosiyJamiyat

Ertaga "Toshkent – Moskva – Toshkent" charter reysi tashkil etiladi

'Ertaga "Toshkent – Moskva – Toshkent" charter reysi tashkil etiladi'ning rasmi

Parvozga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek, bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi. 

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Eslatib o`tamiz, bugun Toshkent – Sankt-Peterburg – Toshkent charter reysi amalga oshiriladi.

    Boshqa yangiliklar