AsosiyJamiyat

“O`zavtosanoat” vakillari «MSV 2015»-xalqaro avtomobilsozlik ko`rgazmasida ishtirok etdi

“O`zavtosanoat”AK vakillari «MSV 2015»-Xalqaro avtomobilsozlik ko`rgazmasida ishtirok etdi.

Chexiya Respublikasining Brno shahrida «MSV 2015»-Xalqaro avtomobilsozlik ko`rgazmasi bo`lib o`tdi. Unda “O`zavtosanoat” AK delegasiyasi ham ishtirok etdi.

Bu yilgi ko`rgazmada dunyoning 25 mamlakatidan kelgan 1600 dan ortiq kompaniyalar quyuv-ishlab chiqarish, metallurgiya va oyna sanoati hamda avtomobilsozlik uchun butlovchi qismlarni namoyish etishdi, shuningdek jihozlarni etkazib berish bo`yicha keng turdagi xizmat turlarini taklif qilishdi. 

Ko`rgazmalar zalining “O`zavtosanoat” AK uchun ajratilgan pavilonlarida mamlakatimizning investision salohiyati va yurtimiz avtomobilsozligida qo`lga kiritilayotgan yutuqlar namoyish etildi. “O`zavtosanoat” AK vakillari ko`p sonli tashrif buyuruvchilar va ko`rgazma mehmonlarini, shuningdek, katta qiziqish bildirayotgan yirik iste`molchilar va hamkorlarni O`zbekiston avtomobil sanoati mahsulotlari bilan yaqindan tanishtirishdi.

Mazkur ko`rgazma “O`zavtosanoat” AK korxonalari va xorijiy kompaniyalar bilan to`g`ridan-to`g`ri o`zaro muloqot o`rnatishda hamda “O`zavtosanoat” AK imijini avtomobilsozlik mahsulotlari va butlovchi qismlar ishlab chiqarishga ixtisoslashgan keng ishlab chiqaruvchilar orasida yanada oshirishda muhim ahamiyatga ega bo`ldi.

    Boshqa yangiliklar