Poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida 32 nafar, Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 13 nafar, Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida 12 nafar, 3-sonli tug`ruq majmuasida nafar hamda Navoiy viloyatida 1 nafar, jami 62 nafar bemor sog`aydi va reabilitasiyaga kuzatildi.
Toshkent tibbiyot akademiyasi ko`p tarmoqli klinikasida tuzalganlarning 23 nafari erkak, 9 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 56 yoshda, yoshi kichigi 2019 yil tug`ilgan.
Virusologiya ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 8 erkak, 5 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 41 yoshda, yoshi kichigi 20 yoshda. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, 3 nafari Toshkent shahridan, Xorazm, Samarqand va Toshkent viloyatilaridan 2 nafardan, Surxondaryo, Namangan, Farg`ona viloyatlari hamda Armaniston Respublikasidan 1 nafardan.
Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy-tekshirish instituti klinikasida tuzalganlarning 4 nafari erkak, 8 nafari ayol bo`lib, yoshi kattasi 68 yoshda, yoshi kichigi 2018 yilda tug`ilgan. Hududlar kesimida oladigan bo`lsak, 8 nafari Toshkent viloyatidan, 2 nafari Toshkent shahridan, Farg`ona va Namangan viloyatlaridan 1 nafardan.
Shuningdek, 3-sonli tug`ruq majmuasida 4 nafar ayol shifo topib, Toshkent shahrida jami tuzalganlar soni 1456 nafar tashkil qilmoqda.
Navoiyda tuzalgan fuqaro (28 yoshli erkak) esa Zarafshon shahridan bo`lib, viloyatda sog`ayganlar soni 111 nafarga etdi.
Ayni paytga qadar mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan jami sog`ayganlar 3330 nafarga etdi.






