2020 yil 7 iyun soat 23:00 holatiga ko`ra, O`zbekistonda koronavirus infeksiyasi qayd etilganlar soni 4331 (+29) nafarni tashkil etmoqda. Bu haqda SSV xabar berdi.
Yangi kasallanish holatlarining 7 nafari Karantin markazidagi fuqarolar orasida, 10 nafari Toshkent shahri hamda 8 nafari Xorazm viloyatida aholi orasida, 2 nafari Sirdaryo viloyatida va yana 2 nafari Toshkent viloyatida xorijdan chegara post orqali kirib kelgan xalqaro yuk tashuvchi avtomashina havdovchilarida aniqlandi.
Ayni paytda yurtimizda 3354 (+86) nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan fuqarolar sog`aydi.
Hozirda mamlakatimizda davolanayotgan 960 nafar bemorga shifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar bo`yicha davo choralari ko`rilmoqda.






