AsosiyDunyo

AQShdagi kolejda yuz bergan otishma natijasida 15 kishi halok bo`ldi

AQShning Oregon shtatida joylashgan Umpkva kolleji hududida 1-oktyabr, payshanba kuni yuz bergan otishma natijasida 15 kishi halok bo`ldi, 20 ga yaqin kishi yaralandi. Kishilarga qarata o`t ochgan erkak huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan o`ldirildi. Bu haqda “TASS” xabar beradi.

Jinoyatchi kollej hududida huquqni muhofaza qilish organi xodimlariga qarata ham o`t ochdi. Gumonlanuvchi haqida qo`shimcha ma`lumotlar keltirilmadi. Polisiya xodimlaridan hech kim yaralanmadi.

Otishma hududida huquqni muhofaza qilish organlari to`rtta qurol topdi. Polisiyachilar gumonlanuvchi tomonidan ijtimoiy tarmoqlarda chop etilgan xabarlarni tekshirmoqda.

    Boshqa yangiliklar