Namangan viloyat SEOM so`nggi hafta davomida viloyatning ayrim tumanlarida koronavirusga chalinish holati qayd etilganligi bilan bog`liq vaziyat bo`yicha rasmiy bayonot berdi.
Viloyat hududida joylashgan “Namangan xalqaro aeroporti”, Pop tumanidagi “Pop-Asht” hamda Kosonsoy tumanidagi “Kosonsoy-Olabuqa” chegara postlarida faoliyat yuritayotgan sanitariya-karantin punktlarida Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik markazi (SEOM), IIB hamda tibbiyot birlashmalari mutaxassislari bilan birgalikda kuchaytirilgan nazorat ishlari olib bormoqda.
Viloyatimiga kirib kelayotgan har bir fuqarolar qat`iy nazoratga olingan. Xususan: bugungi kunda 1000 nafardan ortiq fuqarolar karantin muassasalarda karantin nazoratiga olingan bo`lib tibbiyot xodimlari tomonidan nazoratga olingan holda 14 kunlik tibbiy kuzatuvlar olib borilmoqda.
Respublika hududiga yuk tashuvchi transport vositalari haydovchilarining chetdan kirib kelishida kasallik aniqlanmagan bo`lsada 5-10 kun o`tgandan keyin olingan namunalarda ularnig ayrimlarida kasallik borligi aniqlanyapti. Shuning uchun ularni karantin talablariga muvofiq karantin zonada ushlab, to`liq ishonch hosil qilib, undan keyingina aholi orasiga, uyiga oila a`zolari davrasiga qaytishiga ruxsat berilyapti.
Namangan viloyati hududiga chetdan kelayotgan yoki boshqa hududlarga borib kelayotgan har bir fuqaro yo`l-yo`lakay kasallikka chalinganlar bilan ro`baro` kelgan, uchrashgan bo`lishi yoki bitta joyda bir muddat bo`lgan bo`lishi mumkin, shu sababli biz chetdan kirib kelayotgan fuqarolarning hammasiga potensial koronavirus infeksiyasi manbasi sifatida qarashimiz kerak bo`ladi.
Shu hafta davomida viloyatning To`raqo`rg`on, Pop, Chust tumanlarida koronavirusga chalinish holati yangidan qayd etilganligi sababli, bemorlar bilan muloqotda bo`lgan, kasallikka gumon qilingan, hududlarga kirib kelgan barcha fuqarolardan virusologik tekshiruvlar uchun har kuni 1500-1800 tadan namunalar olinmoqda
2020 yil 8 iyun kuniga kadar viloyat buyicha 81375 ta koronavirusni aniqlash buyicha tahlillar o`tkazilgan.
Hozirda kasallik kayd etilgan yuqoridagi tumanlarga chetdan kirib kelayotgan har bir fuqaro laboratoriya tekshiruvidan utkazilmokda.
Xususan, 2020 yil 7 iyun kuni viloyat YuKShda koronavirus infeksiyasi bilan davolanayotgan fukaro T.S bilan bevosita aloqada bulgan K.I. va K.A., shuningdek Toshkent shahridan sababsiz Pop tumaniga tashrif buyurgan U.E. va A.S. ismli 2 nafar fuqarolardan ham koronavirus infeksiyasiga tekshirish uchun namunalar olindi. Hozirda karantin koidalari to`g`risida har kuni tushuntirishlar olib borilishiga karamay ushbu fuqarolar koronavirus infeksiyasiga tekshirilishdan bosh tortib tibbiyot xodimlariga qarshilik ko`rsatishgan. Ushbu fuqarolarga koronavirus infeksiyasi va pandemiya davrida belgilangan tartib-qoidalar to`g`risida qayta tushuntirish o`tkazildi va Toshkentdagi o`zlarining yashash manzillariga maxsus avtotransport yordamida 14 kunlik karantinga olish uchun yuborildi va hozirda laboratoriya tekshiruvlari davom ettirilmoqda.






