2015 yilning 2 oktyabr kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Singapur Respublikasining favqulodda va muxtor elchisi (qarorgohi Singapurda) Zulkifli bin Baharuddin bilan uchrashuv bo`lib o`tdi.
Suhbat davomida ikki tomon munosabatlari va xalqaro kun tartibning dolzarb masalalari yuzasidan fikr almashildi.
O`zbekistonga tashrif buyurgan elchi O`zbekistonning qator vazirlik va idoralari hamda Toshkent shahar hokimligida o`tkazilgan uchrashuvlar samarali bo`lganligini qayd etdi. Ushbu uchrashuvlarda hamkorlikning amaliy masalalari muhokama qilindi.
Muloqot chog`ida o`zaro manfaatli barcha yo`nalishlarda aloqalarni izchil rivojlantirishga ikki tomon ham tayyor ekanligi ta`kidlandi.
Shu kuni O`zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligida Gruziyaning favqulodda va muxtor elchisi Konstantin Jgenti bilan ham uchrashuv o`tkazildi.
Suhbat chog`ida turli darajada bo`lajak O`zbekiston-Gruziya uchrashuvlari nuqtai nazaridan ikki tomonlama munosabatlarning amaliy masalalari muhokama qilindi.





