AsosiyJamiyat

“MMFI”ning Toshkent filiali abiturientlardan hujjat qabul qilishni boshladi

'“MMFI”ning Toshkent filiali abiturientlardan hujjat qabul qilishni boshladi'ning rasmi

Toshkent shahridagi “MMFI” milliy tadqiqot yadro universiteti federal davlat avtonom OTM filialida qabul boshlandi. Bu haqda Davlat test markazi xabar berdi.

“Moskva muhandislik-fizika instituti” Milliy tadqiqot yadro universitetining Toshkent shahridagi filiali 2020/2021 o`quv yili uchun abiturientlardan hujjatlar qabul qilinmoqda.

Eng yuqori ballarni to`plagan 100 nafar abiturient to`liq davlat granti asosida o`qishga kirish imkoniyatiga ega bo`ladi.

Hujjatlarni onlayn rejimida qabul qilish 15 iyundan 2 iyulga qadar davom etadi.  

Bu yil hujjatlar bakalavriatning yadro energetikasi va issiqlik fizikasi hamda issiqlik energetikasi va issiqlik texnikasi yo`nalishlari bo`yicha qabul qilinadi.

Abiturientlar joriy yilning 15 iyuligacha bo`lgan vaqtda matematika, fizika va rus tili fanlaridan imtihon topshiradi.  

Imtihon natijalari 15 iyul kuni e`lon qilinadi.

    Boshqa yangiliklar