AsosiyJamiyat

Xorijdan charter reys bilan kelgan bemor koronavirusdan vafot etdi

'Xorijdan charter reys bilan kelgan bemor koronavirusdan vafot etdi'ning rasmi

Samarqandlik A. shu yilning 27 may kuni Sankt -Peterburgdan charter reys orqali yurtimizga kelgan va Karantin markaziga tibbiy kuzatuvga olingandi. Unda joriy yilning 1 iyun kuni “Covid-19” infeksiyasi  tasdiqlanib, poytaxtimizdagi Virusologiya ilmiy tekshirish instituti klinikasiga yotqizilgan.

Koronavirus infeksiyasiga chalingan ushbu bemor (erkak) uzoq yillar davomida o`tkir leykoz, surunkali anemiya og`ir darajasi va  nafas etishmovchiligi kabi kasalliklar bilan davolanib kelgan.  

Shu yilning 1-iyun kuni bemorning ahvoli og`irlashib, reanimasiya bo`limiga o`tkazilgan. Shu kungacha unga bosh mutaxassislar tomonidan konsultasiyalar, mamlakatimizdagi tegishli ixtisoslashtirilgan tibbiyot markazlarining shifokorlari tomonidan telemedisina orqali konsiliumlar o`tkazilib, doimiy nazorati ta`minlangan.

Biroq standartlar bo`yicha ko`rsatilgan reanimasion muolajalarga qaramasdan bemor o`tkir nafas va yurak  qon-tomir etishmovchiligidan vafot etgan.

    Boshqa yangiliklar