AsosiyJamiyat

"Qamchiq"da YTH: uxlab qolgan haydovchi "Damas" va yuk mashinasi orasidan chiqarib olindi

'"Qamchiq"da YTH: uxlab qolgan haydovchi "Damas" va yuk mashinasi orasidan chiqarib olindi'ning rasmi

11 iyun kuni, taxminan soat 02 larda, «Qamchiq» dovoni Toshkent-O`sh xalqaro avtomobil yo`lining 261 kilometrida jiddiy YTH sodir bo`lgan. 

FVVning ma`lum qilishicha, «DAMAS» rusumli avtomashinaning egasi 42 yoshli farg`onalik fuqaro Toshkentga qarab harakatlanib kelgan. Yuqorida qayd etilgan manzilga kelib, haydovchi avtoulov boshqaruvi vaqtida uxlab qolgan. Buning oqibatida, u yo`lning yon tomonida to`xtab turgan yuk mashinasiga borib urilgan. Natijada haydovchi mashina salonida siqilib qolgan.
Voqea joyiga «Qamchiq» maxsus qidiruv, yong`in-qutqaruv boshqarmasining qutqaruvichlari etib kelgan. Tezkorlik bilan ko`rilgan choralar o`z samarasini berdi. Maxsus asbob-anjomlar yordamida fuqaro mashina salonidan chiqarib olindi. Unga birinchi tibbiy yordam ko`rsatilib, Pop tumani kasalxonasiga yuborildi.

Hozirda fuqaroning ahvoli yaxshi ekanligi qayd etilmoqda.

    Boshqa yangiliklar