AsosiyJamiyat

2020/2021 o`quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish imtihonlari qanday o`tkaziladi?

'2020/2021 o`quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish imtihonlari qanday o`tkaziladi?'ning rasmi

 2020/2021 o`quv yilida Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga kirish imtihonlarini yangicha tartibda o`tkazish rejalashtirilmoqda. Bu haqda Vazirlar Mahkamasining “Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizomlarni tasdiqlash haqida”gi qarori loyihasi e`lon qilindi.

Unga ko`ra Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga O`zbekiston Respublikasi fuqarolarini o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom;

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga xorijiy fuqarolarni o`qishga qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom;

Toshkent davlat yuridik universiteti magistraturasiga ayrim toifadagi abiturientlarni kirish test sinovlarisiz qabul qilish tartibi to`g`risidagi nizom tasdiqlanadi.

2020/2021 o`quv yilidan boshlab quyidagilar inobatga olinadi:

O`zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun:

ta`lim shakli – kunduzgi, masofaviy;

kirish imtihoni shakli – test sinovlari;

test sinovlari bo`lib o`tadigan muddat – 5-25 avgust oralig`ida;

test sinovlari o`tkaziladigan til – o`zbek va rus tillari;

test topshiriladigan fanlar – mutaxassislik fanlari va chet tili;

qabul parametrlari bo`yicha o`qitish ko`rinishi – to`lov-kontrakt yoki tabaqalashtirilgan to`lov-kontrakt.

Xorijiy davlat fuqarolari uchun:

ta`lim shakli – kunduzgi, masofaviy;

kirish imtihoni shakli – suhbat;

suhbat bo`lib o`tadigan muddat – 1-25 avgust oralig`ida;

suhbat o`tkaziladigan til – o`zbek, rus va ingliz tillari;

qabul parametrlari bo`yicha o`qitish ko`rinishi – to`lov-kontrakt.

    Boshqa yangiliklar