AsosiyJAMIYAT

Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19 iyun kuniga belgilandi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisini joriy yil 19 iyun kuni chaqirish to`g`ris...

'Senatning navbatdagi yalpi majlisi 19 iyun kuniga belgilandi'ning rasmi

Oliy Majlis Senatining beshinchi yalpi majlisini joriy yil 19 iyun kuni chaqirish to`g`risida qaror qabul qilindi.  

Videokonferensaloqa shaklida o`tkaziladigan yalpi majlisda bir qator dolzarb masalalar ko`rib chiqilishi rejalashtirilgan.  

 Yalpi majlisda, jumladan, quyidagi qonunlar ko`rib chiqiladi:

 “Innovasion faoliyat to`g`risida”gi;

“Ov qilish va ovchilik xo`jaligi to`g`risida”gi;  

“Fuqarolarning jamoat tartibini saqlashda ishtirok etishi to`g`risida”gi;

 “Geodeziya va kartografiya faoliyati to`g`risida”gi.

Bundan tashqari, senatorlar tomonidan “Energiyadan oqilona foydalanish to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish haqida”gi, “O`zbekiston Respublikasining Jinoyat-ijroiya kodeksiga mahkumlarning huquqlari va qonuniy manfaatlari ishonchli himoya qilinishini ta`minlashga qaratilgan o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi, “O`zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o`zgartish va qo`shimchalar kiritish to`g`risida”gi qonunlar muhokama qilinadi.

Shu bilan birga, Adliya vazirining O`zbekistonda 2019 yilda huquqiy targ`ibot va ma`rifat sohasida amalga oshirilgan ishlar yuzasidan axboroti eshitilishi nazarda tutilgan.

    Boshqa yangiliklar