AsosiyJamiyat

Marg`ilonda velosipedda ketayotgan fuqaroni “Damas” urib ketib, halok qildi

'Marg`ilonda velosipedda ketayotgan fuqaroni “Damas” urib ketib, halok qildi'ning rasmi

9 iyun kuni fuqaro M.Sh. boshqaruvidagi “Damas” rusumli  avtomashinasini A.Yassaviy ko`chasida boshqarib ketayotib, qatnov qismini velosipedda kesib o`tayotgan O.A. ni urib yuborishi oqibatida O.A. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Marg`ilon shahar IIB huzuridagi tergov bo`limi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

"Hurmatli haydovchilar!

Yo`l harakati qoidalariga amal qiling. Yo`l harakati qoidalariga amal qilmaslik orqali o`zingiz va boshqalar sog`lig`iga shikast etkazishingiz mumkinligini esdan chiqarmang! " - deiyladi Farg`ona viloyati IIB Axborot xizmati xabarida.

    Boshqa yangiliklar