AsosiyJamiyat

Oshini reklama qilish uchun "Shaytanat" filmi kadrlaridan noqonuniy foydalangan "tadbirkor" jarimaga tortildi

'Oshini reklama qilish uchun "Shaytanat" filmi kadrlaridan noqonuniy foydalangan "tadbirkor" jarimaga tortildi'ning rasmi

Ma`lumki, so`nggi paytlarda ijtimoiy tarmoqlarda ayrim tadbirkorlar tomonidan omma orasida mashhur bo`lgan kinoasarlarni (“Mahallada duv-duv gap”, “O`tgan kunlar” va b.) muallif ruxsatisiz parodiya tarzida o`zgartirib o`z mahsulotini reklama qilishda foydalanish holatlari uchramoqda.  

Bu safar o`z mahsulotini reklama qilish va xaridorlarni jalb qilishni ko`zlagan B.M. ismli shaxs "Shaytanat" filmidan foydalangani aniqlandi. Bu haqda Adliya vazirligi huzuridagi Intelektual mulk agentligi xabar bermoqda.

Tadbirkor osh mahsulotini reklama qilish maqsadida “Shaytanat” kinoasari qaxramonlari ovozlarini xaridor va buyurtmachilarni jalb qilish uchun montaj qilib, kinoasar qaxramoni tilidan buyurtmachi B.M.ning tadbirkorlik faoliyatini rivojlantirishga qaratilgan hamda osh mahsulotini xarid qilishga chaqiruvchi video-rolik tayyorlanib, “Telegram” ijtimoiy tarmog`iga muallif roziligisiz joylashtiriladi. “Shaytanat” kinoasari asosida noqonuniy tayyorlangan reklama ta`sirida muxlislar mahsulotga buyurtma bera boshlashadi.  

Natijada “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar to`g`risida”gi Qonun talablari jiddiy ravishda buzilishiga sabab bo`ladi.  

Qonunga binoan faqatgina muallif asardan har qanday shaklda va har qanday usulda foydalanishda mutlaq huquqlarga ega bo`lib, yuridik va jismoniy shaxslar asardan faqat huquq egasi yoki boshqa vakolatli shaxs bilan tuzilgan shartnomaga binoan, shu jumladan mulkiy huquqlarni jamoaviy asosda boshqaruvchi tashkilotlar bilan tuzilgan shartnomaga binoan yoxud ular bo`lmagan taqdirda, bu tashkilotlarning vazifalari va majburiyatlarini bajaruvchi tashkilot bilan tuzilgan shartnomaga binoan foydalanishlari mumkinligi belgilangan.  

Bundan tashqari muallif o`z asaridan foydalanishning har bir turi uchun haq olish huquqiga ega bo`lib, audiovizual asarni yoki fonogrammani daromad olmasdan faqat shaxsiy maqsadlar uchun asar muallifining, ijrochining, fonogrammani va audiovizual asarni tayyorlovchining roziligisiz, lekin ularga haq to`lagan holda takrorlashga yo`l qo`yiladi.  

Mazkur huquqbuzarlikdan xabar topgandan so`ng asar muallifi mutlaq mualliflik huquqlari buzilganligi, uning sha`ni va qadr-qimmatiga putur etkazilganligi hamda ushbu huquqbuzarliklarni sodir etgan shaxslarni aniqlash va ularga nisbatan qonunchildikda belgilangan ta`sir-choralarni ko`rishni so`rab, O`zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligiga murojaat etadi.  

Agentlikning Intellektual mulk huquqlariga rioya etilishini monitoring qilish bo`limi tomonidan bayonnoma tuzilib, tegishli sud instansiyasi tomonidan huquqbuzar kinoasardan qonunga xilof ravishda foydalanganligi uchun O`zbekiston Respublikasining Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 1771-moddasi bilan ma`muriy javobgarlikka tortildi.  

So`nggi pushaymon o`zingga dushman deganlaridek, intellektual mulk ob`ektlariga hurmat – bu o`zganing ijodiy mehnati samarasi ya`ni mulkiga hurmatni anglatadi. Shu bois, har bir shaxs intellektual mulk ob`ektlaridan foydalanishdan oldin mualliflik huquqlariga rioya qilishi va muallif roziligi bilan undan foydalanishi har ikki tomon uchun manfaatlidir. 

    Boshqa yangiliklar