Ijtimoiy tarmoqlarda Sardoba tumani Do`stlik mahallasida 28 xonadon fuqarolari norozichiligi namoyish etilgan video lavha tarqaldi.
Ushbu murojaatlardagi noroziliklarga Sardoba tumani hokimligi munosabat bildirdi.
Keltirilishicha, ushbu fuqarolar xonadonlari maxsus komissiyani qarori bilan yaroqsiz deb topilganligi aniqlanib, ushbu xonadon egalariga ham O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoev tomonidan 40 million so`mlik moddiy yordam, shuningdek, maishiy texnikalar uchun sertifikatlar topshirilgan. Hozirda tuman hokimligi tomonidan buzilish ishlari to`xtalib, ushbu vaziyat yuzasidan maxsus komissiya va viloyat hokimligiga ma`lumot kiritilgan.
Shuningdek, Xalq deputatlari Sardoba tuman Kengashi deputatlari tomonidan tuzilgan ishchi guruh ushbu holat yuzasidan o`rganish olib borilmoqda, deyiladi hokimligi Axborot xizmati xabarida.






