AsosiyJamiyat

Har yili  o`rtacha  800-900 ming nafar  fuqaroni ovora  qilgan tizimga qachon barham beriladi?

'Har yili  o`rtacha  800-900 ming nafar  fuqaroni ovora  qilgan tizimga qachon barham beriladi?'ning rasmi

Prezidentimizning 2020 yil 27 apreldagi PF-5986-son Farmoniga muvofiq, 2020 yil may oyidan boshlab ishlovchi pensionerlarga pensiyalar to`lovini to`g`ridan-to`g`ri Pensiya jamg`armasi orqali amalga oshirish tizimi joriy qilindi. Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparatining nashrimizga ma`lum qilishicha, 162 mingdan ortiq pensionerlarga pensiya to`lovlari oyma-oy amalga oshirilib, har oyda 28 mingdan ortiq korxonava tashkilotlarning talabnomalarni Pensiya jamg`armasiga taqdim etish va pensionerga to`lab berish bilan bog`liq ovoragarchiliklari bartaraf etildi. Bu tizim ishlovchi pensionerlarga har oyning o`zidayoq pensiya to`lovini olish imkoniyatini beradi. Vazirlar Mahkamasi tomonidan joriy yilning 23 mayida qabul qilingan “Aholini ijtimoiy himoya qilish sohasidagi davlat xizmatlari ko`rsatishning ayrim ma`muriy reglamentlarini tasdiqlash to`g`risida”gi qarori (327-son) ham aholining ijtimoiy muhofazasi uchun yana bir qator qulayliklarni taqdim etadi. Bu haqda batafsil tushuntirish olish uchun Byudjetdan tashqari Pensiya jamg`armasi ijro etuvchi apparati bo`lim boshlig`i o`rinbosari Farrux SULAYMONOVga murojaat qildik.

— Qaror bilan quyidagi ma`muriy reglamentlar tasdiqlandi:

► farzand tug`ilganda beriladigan bir martalik nafaqa;

► dafn marosimi uchun nafaqa;

► pensiya va nafaqa oluvchilar ro`yxatida mavjudligi haqida ma`lumotnoma berish;

► pensiya va nafaqa miqdori to`g`risida ma`lumotnoma berish bo`yicha davlat xiz- matlari ko`rsatish.

Mazkur qarorga muvofiq, joriy yilning iyunidan boshlab, fuqarolar bola tug`ilganda (suyunchi) va dafn marosimi uchun nafaqalarini olish uchun Pensiya jamg`armasi yoki ish joyiga murojaat qilmay, tug`ilganlik yoki vafot etganlik holatini Davlat xizmatlari markazlari (FHDYo)da ro`yxatdan o`tkazish jarayonida biryo`la ariza berish tizimi joriy qilinadi.

Natijada har yili o`rtacha 800­900 ming nafar fuqaroning Pensiya jamg`armasiga yoki ish joyiga murojaat qilish bilan bog`liq ovoragarchiliklari bartaraf etiladi.

                                      SUYuNChI PULI VA DAFN  NAFAQASI TO`LOVIDAYaNGI TARTIB

Ushbu qaror talablariga muvofiq, barcha ishlovchi va ishlamaydigan fuqarolar suyunchi va dafn marosimi uchun nafaqalarni olish uchun Davlat xizmatlari markazlariga kelgan holda yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YaIDXP) orqali elektron shaklda murojaat qiladi.

Bunda fuqarolar suyunchi va dafn nafaqasini olish uchun o`zlariga qulay bo`lgan Xalq banki filialini tanlagan holda, nafaqalarni ushbu filial orqali olish imkoniyatiga ega bo`ladi.

                                                                     QAChONDAN  AMALDA BO`LADI?

Amaldagi tartib bo`yichakorxona va tashkilotlar joriy oy uchun nafaqa va boshqa to`lovlarni qoplashga talabnomalarni Pen- siya jamg`armasiga keyingi oyning 10­sanasiga qadar taqdim etadi.

Ya`ni, 2020 yil 10 iyun sanasiga qadar korxona va tashkilotlar may oyi uchun suyunchi va dafn marosimi nafaqalari to`loviga talabnomalarni Pensiya jamg`armasiga taqdim etadi.

2020 yilning 1 iyuniga qadar bola tug`ilganda beriladigan suyunchi puli yoki dafn marosimi nafaqasi uchun Pensiya jamg`armasi yoki ish joyiga murojaat qilishga ulgurmagan fuqarolar nafaqalarni tayinlash uchun Davlat xizmatlariga kelgan holda yoki YaIDXP portali orqali elektron shaklda murojaat qiladilar. Bunda

► Bola tug`ilganda suyunchi nafaqasini tayinlash uchun bola tug`ilgandan boshlab 6 oy muddatda;

► dafn marosimi uchun nafaqa tayinlashga fuqaro vafot etgandan boshlab 60 kun muddatda murojaat qilish lozim.

Ishlovchi fuqarolar suyunchi va yaqinlarining dafn nafaqasini olish uchun ish joyiga ham murojaat qilishlari mumkin.

                                                                                                                             Sadoqat ALLABERGANOVA tayyorladi

    Boshqa yangiliklar