AsosiyJamiyat

AQShda irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari sabab o`nlab haykallar olib tashlanmoqda

'AQShda irqchilikka qarshi norozilik namoyishlari sabab o`nlab haykallar olib tashlanmoqda'ning rasmi

AQShdagi namoyishlar: Xristofor Kolumbning bir haykali boshsiz qolgani haqida xabar bergan edik. 

Mustamlakachilik va fuqarolik urushi davridagi tarixiy shaxslarga atab qurilgan yodgorliklar AQShda irqchilikka qarshi yangi norozilik namoyishining navbatdagi qurboniga aylandilar.

Qo`shma Shtatlarda irqchilikka qarshi yangi norozilik to`lqini ishtirokchilari qul savdosi va qora tanlilarga qilingan zulm bilan bog`liq tarixiy shaxslarning haykallarini topib, ularni qulatish orqali o`z g`azabini nomoyon qilmoqdalar.

Virjiniya shtatida namoyishchilar 1861-65 yillardagi fuqarolik urushida konfederativ shtatlarning yagona prezidenti bo`lgan va qullar savdosiga boshchilik qilgan Jefferson Daviesning xaykalini qulatdilar.

Portsmutdagi Konfederasiya yodgorligi ham namoyishchilarning nishonidan chetda qolmadi. Xaykallar "qora tanlilarning xayoti muhim" shioridagi so`zlar bilan bo`yaldi, yon atrofdagi haykallarning bosh qismi sindirildi. Voqea joyida bir kishi jaroxat oldi.

Ba`zilar uchun ko`k xochli yulduzlar bilan bezatilgan qizil bayroq Konfederasiya tomonidan qon to`kkan vatandoshlarning xotirasi bo`lsa, qolganlar uchun-qora tanlilarning qullik va zulmining ramzi xisoblandi.

AQSh Vakillar palatasi spikeri Nensi Pelosi “noqulay o`tmishga” ega bo`lgan jangchilarga ishonch bildirdi. Siyosatchi kongressmenlarga maktub yozib Kapitoliy maydonidagi konfederasiya xaykallarining 11tasini olib tashlashga chaqirdi.

Pelosi Twitterda bu haykallar meros emas, balki o`zida nafratni aks ettirishini yozib izoh qoldirdi.

Richmondda Xristofor Kolumb haykali ham suvga uloqtirildi.

    Boshqa yangiliklar