AsosiyJamiyat

Xalq banki O`zbekistonda birinchi bo`lib avtomatlashtirilgan jarayonga kirishdi

'Xalq banki O`zbekistonda birinchi bo`lib avtomatlashtirilgan jarayonga kirishdi'ning rasmi

Xalq banki mamlakatimizda birinchi bo`lib “Xatarlarni boshqarish tizimi”ni avtomatlashtirish jarayoniga kirishdi va bunda moliyaviy xatarlarni boshqarish tizimini Finastra Fusion Risk negizida transformasiya qilish uchun FinExtra MChJ kompaniyasini tanladi.

FinExtra MChJ kattaligi bo`yicha dunyoda 3-o`rinda turuvchi Fintex kompaniyasi bo`lgan Finastra (Buyuk Britaniya) kompaniyasining eksklyuziv hamkoridir. Fusion Risk qatoriga shunday tizimlar kiradiki, ular risk-menejment bo`yicha boy xalqaro tajribani umumlashtirgan bo`lib, turli moliyaviy xatarlarni, shu jumladan, butun bank miqyosidagi xatarlarni ham, kompleks boshqarish vazifalarini hal qiladi. Fusion Risk tizimidan butun dunyo bo`ylab 250 dan ortiq mijozlar foydalanishadi. Fusion Risk tizimi Societe Generale, European Bank, Erste Bank va Alfa bank singari bir qator banklarda joriy etilgan, u O`zbekiston Markaziy banki talablariga to`liq moslashtirilgan.

Tizimni joriy etish bankka xatarlarni identifikasiya qilish, kredit xatari, bozor tavakkalchiligi, likvidlik xatari, foiz stavkalari o`zgarishi xatari, boshqariluvchi metrik xatarlar (BaseII/III i MSFO 9) va stress-test o`tkazish kabilarni boshqarish uchun to`liq funksiyali tizimni taqdim etishga imkon beradi.

Xalq banki FinExtra kompaniyasi bilan Fusion Risk’ni asosiy bank tizimi va bankning boshqa ichki tizimlariga Finastra FusionFabric Connect deb ataluvchi jihoz orqali ulash maqsadida hamkorlik qiladi, bu esa barcha birlamchi tizimlardan ma`lumotlarni sodda va aniq shaklda onlayn ravishda yig`ishni ta`minlaydi.

    Boshqa yangiliklar