AsosiyJamiyat

BMT: Jahonda baliq iste`moli rekord darajaga etdi

'BMT: Jahonda baliq iste`moli rekord darajaga etdi'ning rasmi

BMT Oziq-ovqat va qishloq xo`jaligi tashkiloti (FAO)ning "Jahon baliqchiligi  va akvamadaniyat holati" hisobotiga ko`ra, dunyo miqyosida aholi jon boshiga  baliq iste`moli  rekord darajaga ko`tarilib, yiliga   20,5 kg ni tashkil etmoqda. Bu haqda "O`zbekoziqovqatxolding" xabar bermoqda.

Hisobotda  keltirilishicha, 2030 yilga kelib, jahonda baliq  ishlab chiqarish umumiy hajmi 204 million tonnaga  etadi, bu 2018 yilga nisbatan 15 foizga ko`pdir. Hozirgi paytda 46 foizga etgan akvamadaniyat ulushi ham oshadi. Ushbu o`sish oldingi o`n yillikdagi o`sishning qariyb yarmiga teng bo`lib, uning ta`sirida  2030 yilga kelib aholi jon boshiga baliq iste`moli yiliga 21,5 kg ga etishi mumkin.

 

__________

    Boshqa yangiliklar