Bosh prokuratura huzuridagi Majburiy ijro byurosining Sh.Rashidov tuman bo`limi Jizzax tumanlararo sudining 06.08.2009 yildagi qarzdor S.Mo`minovdan sobiq turmush o`rtog`i S.Ulug`ova foydasiga bir nafar farzandi ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjati mavjud.
Ijro harakatlari davomida qarzdor S.Mo`minovdan joriy yilning 1 iyun kuniga qadar to`lanishi lozim bo`lgan qariyb 17 mln. so`m aliment pullari undiruvchi S.Ulug`ova foydasiga to`liq undirilishi ta`minlandi.
Shuningdek, hozirda yurtimizda karantin davom etayotganligi hamda undiruvchi S.Ulug`ovaning yashash manzili Toshkent viloyati, Yangiyo`l tumanida bo`lganligi sababli, arizaga asosan ushbu pul mablag`lari S.Ulug`ova nomidagi bank plastik kartochkasiga o`tkazib berilishi ta`minlandi.
Bundan tashqari, bo`lim ish yurituvida fuqarolik ishlari bo`yicha Jizzax tumanlararo sudining 31.10.2019 yildagi qarzdor B.Suvanovdan undiruvchi Sh.Suvanova foydasiga bir nafar voyaga etmagan farzandi ta`minoti uchun aliment hamda shu sudning 25.11.2019 yildagi qarzdor B.Suvanovdan bir nafar farzandi uch yoshga to`lgunga qadar moddiy ta`minoti uchun aliment undirish to`g`risidagi ijro hujjatlari mavjud bo`lib, joriy yilning iyun oyiga qadar aliment va moddiy ta`minotdan jami 6 mln. 231 ming 717 so`m qarzdorlik hisoblangan hamda ushbu qarzdorlik 09.06.2020 yilda to`liq undirilishi ta`minlangan.






