AsosiyJamiyat

Hid bilishning yo`qolishi, yo`tal, tana harorati kabi alomatlar mavjud bo`lsa-da, test natijasi «manfiy» bo`lishi mumkinmi?

'Hid bilishning yo`qolishi, yo`tal, tana harorati kabi alomatlar mavjud bo`lsa-da, test natijasi «manfiy» bo`lishi mumkinmi?'ning rasmi

Hid bilishning yo`qolishi, yo`tal, tana harorati kabi alomatlar mavjud bo`lsa-da, test natijasi «manfiy» bo`lishi mumkinmi? Koronavirusga test tekshiruvi «musbat» bo`lganda umumiy qon tahlili me`yorda bo`lishi mumkinmi?

Ha, hatto koronavirus infeksiyasiga xos belgilar mavjud bo`lganda ham, ba`zi hollarda test natijasi «manfiy» bo`lishi, ya`ni xuddi kasallik yo`qdek ko`rinishi mumkin.

Bu biologik material olish sifati, foydalaniladigan test tizimining sezuvchanligi, tahlil o`tkazish muddati bilan bog`liq (virus — kasallikning boshlanishida aniqlanadi, kechki bosqichlarida aniqlanmasligi mumkin).

Virus borligi tasdiqlangan taqdirda ham, kasallikning engil holatida umumiy qon tahlili me`yorda bo`lishi mumkin.

    Boshqa yangiliklar