AsosiyJamiyat

Navoiyda 23 kunlik chaqalog`ini 3 million so`mga sotayotgan 22 yoshli samarqandlik ayol qo`lga olindi

'Navoiyda 23 kunlik chaqalog`ini 3 million so`mga sotayotgan 22 yoshli samarqandlik ayol qo`lga olindi'ning rasmi

3 iyun kuni taxminan soat 15:30 larda, Samarqand viloyati Paxtachi tumanida yashovchi fuqaro 22 yoshli N.Yo., o`zining 11.05.2020 yilda tug`ilgan 23 kunlik voyaga etmagan chaqaloq farzandini qonunga xilof ravishda sotishga urindi. Bu haqda IIV huzuridagi Tergov departamenti Axborot xizmati xabar bermoqda.

 Navoiy shahrida yashovchi fuqaro N.I.,ga 3.000.000 so`mga sotishga kelishib, chakalog`ini sotib, ushbu kelishilgan pullarni Navoiy shahridagi “Navoiy” jo`me masjidi yonida olgan vaqtida, o`tgazilgan tezkor tadbir davomida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Navoiy shahri bo`yicha IIO FMB 3-sonli IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan N.Yo.,ga nisbatan Jinoyat kodeksining 135-moddasi 3-qismi “a” bandi (odam savdosi) bilan jinoyat ishi qo`zg`atilgan.

 

    Boshqa yangiliklar