Turkiya bosh vaziri Ahmad Dovudo`g`luning aytishicha, Anqaradagi terakt tufayli 99 kishi halok bo`lgan. Bu haqda Agence France-Presse nashri xabar berdi, deb yozadi kun.uz sayti.
Vazirning ma`lum qilishicha, qurbonlardan 94 kishining shaxsi aniqlanib, jasadi dafn qilinish uchun qarindoshlariga topshirilgan.
Bundan avvalroq, Anqara Tibbiyot palatasi ma`lumotiga asoslanib, terakt qurbonlari soni 106 nafar bo`lgani xabar qilingandi.
Bugundan Turkiya hukumati sud orqali OAVning terakt haqida ma`lumotlar tarqatishini ta`qiqlab qo`ydi.
Eslatib o`tamiz, 10 oktyabr kuni Turkiyaning Anqara shahri markazida kurdlar tomonidan "Tinchlik va demokratiya uchun" shiori ostida mamlakat hukumatiga qarshi norozilik namoyishi uchun yig`ilgan hududda xudkush-terrorist tomonidan 2 marta terakt sodir etilgan edi.
Teraktdan bir necha kun o`tib, polisiya bu teraktda IShID jangarilarining qo`li borligini aniqlandi





