AsosiyJamiyat

Koronavirusdan tuzalganlar safiga yana 58 kishi qo`shildi

'Koronavirusdan tuzalganlar safiga yana 58 kishi qo`shildi'ning rasmi

Bugun Toshkent va Andijonda 58 nafar bemor koronavirusdan sog`aydi. Shu bilan yurtimizda jami kasallikni engganlar 3758 nafarga etdi.

Shu soatlarda poytaxtimizdagi Toshkent tibbiyot akademiyasining ko`p tarmoqli klinikasida yana 57 nafar, Andijon viloyatida esa 1 nafar, jami 58 nafar koronavirus infeksiyasiga chalingan bemor sog`aydi.

 Endilikda Toshkent shahrida koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar 1790 nafarga etdi.

Andijon viloyatida tuzalganlar esa 178 nafarga etib, davolanayotgan bemorlar 3 nafarni tashkil etmoqda.

Shunday qilib, bugun 121 nafar bemor tuzalib, mamlakatimiz bo`ylab koronavirus infeksiyasidan sog`ayganlar 3758 nafarni tashkil etmoqda.

    Boshqa yangiliklar