AsosiyJamiyat

Toshkentda 7 iyun kuni aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta tashkilotda ishlaydigan quruvchilar bo`lgan (video)

'Toshkentda 7 iyun kuni aniqlangan 195 bemorning 183 nafari bitta tashkilotda ishlaydigan quruvchilar bo`lgan (video)'ning rasmi

Toshkentda 7 iyun kuni koronavirus yuqtirish bo`yicha antirekord qayd etildi. Ma`lumki7 iyunda aniqlangan 195 bemorning 183 tasi — bitta muassasada ishlayotgan quruvchilar bo`lgan. Xo`sh, bu kuni koronavirus aniqlanganlar qaysi hududdan bo`lgan? Bu savolga Zamon ko`rsatuvchida javob berildi.

Xususan Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori birinchi o`rinbosari Botirjon Qurbonov quyidagilarni ma`lum qildi. Uning aytishicha holat bo`yicha 300 dan ortiq odam karantinga olingan, faqat quruvchilarning oila a`zolari emas...

Endi o`sha 183 quruvchi qaysi qurilish kompaniyasining ishchilari edi, degan savol tug`iladi. Bu haqda ochiq aytilmayapti. B.Ergashevning ta`kidlashicha, bu ma`lumotlarni ochiq aytish qurilish tashkilotining obro`sizlanishiga olib kelishi mumkin.

Virus aniqlangan quruvchilarning oila a`zolari karantinga olinmaganining sababi ular viloyatlik bo`lib, 14 kun davomida o`z oilasiga, uylariga borishmagan ekan.

Virus aniqlangan quruvchilar ishlagan qurilish tashkilotida bugungi kunda jiddiy karantin va dezinfeksiya ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar