AsosiyJamiyat

Toshkentda Xalqaro mehnat tashkiloti delegasiyasi bilan uchrashuv o`tkazildi.

 O`zbekiston Kasaba uyushmalari federasiyasi  rahbariyati Xalqaro mehnat tashkiloti delegasiyasi bilan Toshkentda uchrashuv o`tkazdi,  deb xabar beradi 12news.uz sayti.  Uchrashuvda O`zbekistonning Xalqaro mehnat tashkiloti hamda Jahon banki bilan kelgusi yillardagi hamkorligini yanada takomillashtirish va yurtimizdagi mehnat shart-sharoitlarining o`ziga xos jihatlari muhokama qilindi.  

Kasaba uyushmalari federasiyasi matbuot xizmatining xabar berishicha, uchrashuv yakunida tomonlar yurtimizdagi mehnat tizimida Halqaro mehnat tashkiloti Konvensiyasini  keng tatbiq etish mexanizmini takomillashtirish maqsadida mutaxasislar ishtirokida  qayta yig`in o`tkazishga kelishib olishdi. Xalqaro mehnat tashkiloti delegasiyasi  xalqaro mehnat byurosi bosh direktorining maxsus maslahatchisi Kari Tapiola, bolalar mehnati bo`yicha bosh ekspert  Snejana Bedalli, munosib mehnat  dasturini hayotga tatbiq qilish loyihasi  bosh maslahatchisi Xarri Taliga, texnik masalalar bo`yicha  bosh maslahatchi  Stiven MakKlellend  hamda munosib mehnat dasturini tatbiq etish bo`yicha mutaxasis Anastasiya Dubovalardan tarkib topgan.  Eslatib o`tamiz, “O`zbekistonda 2014-2016-yillarda munosib mehnat dasturi”  2014-yilning aprel oyida imzolangan edi. Dastur uch strategik yo`nalishni o`z ichiga olgan, xususan ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish, bolalar mehnatidan zo`ravonlik bilan foydalanishga nisbatan konvensiyalar qo`llash,  aholi, xususan yoshlar bandligini keng ko`lamda ta`minlash, aholining ijtimoiy muhofazasini kuchaytirish kabilarni o`z ichiga oladi. 

    Boshqa yangiliklar