AsosiySIYOSAT

Shavkat Mirziyoev: "Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo`yicha dunyodan ortda qolib ketgan"

Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumaniga qilgan tashrifi choig`ida Talabalar shaharcha...

'Shavkat Mirziyoev: "Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo`yicha dunyodan ortda qolib ketgan"'ning rasmi

Prezident Shavkat Mirziyoev Olmazor tumaniga qilgan tashrifi choig`ida Talabalar shaharchasida barpo etilgan Innovasion rivojlanish vazirligining yangi binosini borib ko`rdi.

Davlatimiz rahbarining 2017 yil 29 noyabrdagi farmoniga muvofiq Innovasion rivojlanish vazirligi tashkil etilgan edi. O`sha yili dekabrda bu yangi idora uchun bino qurish boshlangandi. O`tgan yil 24 mayda Prezidentimiz bunyodkorlik ishlarining borishi bilan joyning o`zida tanishgan edi. 

Shavkat Mirziyov dastlab interfaol ko`rgazma zali - “Showroom” bilan tanishdi. Bu erda xorijiy va mahalliy kompaniyalarda ishlab chiqarilayotgan innovasion mahsulotlar, startap loyihalar to`g`risida ma`lumotlar olish mumkin bo`ladi. U turli sohalardagi 37 ta loyihani qamrab oluvchi 8 ta blokdan iborat.

Qurilish va avtosanoat sohalariga tegishli yana bir loyiha – ilk bor import o`rnini bosuvchi, eksportga yo`naltirilgan poliefir shpatlyovka va poliefir elim ishlab chiqarish texnologiyalar transferi muvaffaqiyatli amalga oshirildi.

Vazirlik binosidagi interaktiv studiyada onlayn darslar, vebinarlar o`tkazish, videodarslar yozish mumkin. Bu studiya “Bir million dasturchi” loyihasi doirasida yoshlarni o`qitish, masofaviy muloqot orqali joylardagi mutaxassislar malakasini oshirishda ham qo`l keladi.

- Mamlakatimiz yuqori texnologik sohalar bo`yicha dunyodan ortda qolib ketgan. Barcha sohalarni modernizasiya qilish, jahon bilan hamqadam bo`lish uchun Innovasion rivojlanish vazirligini tashkil etib, shunday sharoitlar yaratdik. Bu jamoa yil yakuni bo`yicha bu borada aniq amaliy natijalarni ko`rsatishi kerak, - deya ta`kidladi Shavkat Mirziyoev.

Vazirlikka berilgan vakolat va yaratilgan sharoitlardan samarali foydalanish, ishlanmalarni soha va tarmoqlarga tatbiq etish bo`yicha topshiriqlar berildi.

Prezidentimiz videoaloqa orqali vazirlikning Ilg`or texnologiyalar markazi mutaxassislari bilan muloqot qildi. 

 

 

    Boshqa yangiliklar