Avval xabar qilinganidek, Prezident Shavkat Mirziyoev mutasaddi rahbarlar ishtirokida Olmazor tumani faollari, nuroniylar bilan uchrashuv o`tkazdi.
Davlatimiz rahbari yangi loyihalar uchun imkoniyatlarni kengaytirish maqsadida Toshkent tumanining Olmazorga yaqin hududidan 200 gektar er ajratib, yangi sanoat zonasi barpo etishni taklif qildi. U erda tashkil etiladigan korxonalarda kamida 60 mingta yangi ish o`rni yaratish mumkin bo`ladi.
Shuningdek, “Agregat” zavodini Chirchiqqa ko`chirgan holda, uning hududida Olmazor aholisi uchun 12-14-16 qavatli arzon uylar qurish, Toshkent tumanida Olmazorga yaqin hududda 260 gektar erda 150 ming aholiga mo`ljallangan yo`ldosh shaharcha barpo etish bo`yicha topshiriqlar berildi.






