AsosiyJamiyat

GPS tizimida uzilish yuzaga keldi

'GPS tizimida uzilish yuzaga keldi'ning rasmi

“Toshshahartransxizmat” AJning GPS nazorat markazida olib borilayotgan texnik hamda texnologik yangilanishlar sabab tizimda vaqtinchalik uzilish yuzaga keldi, deya xabar qilmoqda Jamiyat Axborot xizmati.  

"Mazkur yangilanishlardan maqsad bugungi zamonaviy va innovasion loyihalarni tizimga joriy etish, shu orqali nazorat monitoringini har taraflama mukammallashtirishdir.

Endilikda avtobus qatnovlari hamda uning texnik va iqtisodiy ko`rsatgichlari mazkur tizim orqali hisob-kitob qilinishi rejalashtirilgan.  

Bu boradagi ishlarni tez kunlarda nihoyasiga etkaziladi. Yuzaga kelgan vaqtinchalik noqulaylik uchun uzr so`raymiz", - deyiladi xabarda. 

    Boshqa yangiliklar