10 iyun kuni fuqaro M.I. boshqaruvidagi “Isuzu” rusumli yuk avtomashinasini Yangiobod MFY hududida boshqarib ketayotib, yo`lni o`ng chetida to`xtab turgan X.D. boshqaruvidagi “Damas” rusumli avtomashina bilan to`qnashuv sodir etdi.
Farg`ona viloyati IIB Matbuot xizmatining ma`lum qilishicha, YTH natijasida “Damas” haydovchisi X.D. tan jarohati olib, shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan Yozyovon tuman IIB huzuridagi tergov bo`linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo`zg`atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.






