Avval xabar qilganimizdek, “2020/2021 o`quv yilida O`zbekiston Respublikasining oliy ta`lim muassasalariga o`qishga qabul qilishning davlat buyurtmasi parametrlari to`g`risida”gi Prezident qarori qabul qilindi.
Prezident qarori bilan 2020/2021 o`quv yili qabulidan boshlab:
👉 Mahalla va oilani qo`llab quvvatlash vazirligi tomonidan beriladigan tavsiyanomaga ega bo`lgan xotin-qizlar uchun bakalavriatning kunduzgi ta`lim shakli bo`yicha umumiy belgilangan davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlariga nisbatan qo`shimcha to`rt foizli davlat granti asosidagi qabul ko`rsatkichlari ajratiladi.






