AsosiyJamiyat

Diniy ta`lim muassasalariga qabul imtihonlari tartibi ma`lum qilindi

'Diniy ta`lim muassasalariga qabul imtihonlari tartibi ma`lum qilindi'ning rasmi

O`zbekiston musulmonlari idorasi axborot xizmati ma`lumotiga ko`ra, O`zbekiston musulmonlari idorasi tasarrufidagi oliy va o`rta maxsus islom ta`lim muassasalarida 2020-2021 o`quv yili bo`yicha quyidagi fanlardan qabul imtihonlari o`tkaziladi.

O`rta maxsus islom ta`lim muassasalari bo`yicha:

1-blok “Chet tili” 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 3.2 ball beriladi, jami 96 ball;

2-blok “Tarix” 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball.

Qabul imtihonlari test sinovi shaklida o`tkaziladi.

Toshkent islom instituti va Mir Arab Oliy madrasasi bo`yicha:

“Fiqh va aqoid” (test) 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 3.1 ball beriladi, jami 93 ball;

“Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;

“O`zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

Hadis ilmi maktabi bo`yicha:

“Hadis va Mustalahul hadis” (ijodiy imtihon) 93 ball;

“Arab tili” (ijodiy imtihon) 63 ball;

“O`zbekiston tarixi” (test) 30 ta savol, har bir to`g`ri javobga 1.1 ball beriladi, jami 33 ball.

    Boshqa yangiliklar