AsosiyJamiyat

14 iyun kuni Dubaydan hamyurtlarimiz olib kelinadi

'14 iyun kuni Dubaydan hamyurtlarimiz olib kelinadi'ning rasmi

Ertaga, 14 iyun kuni Toshkent — Dubay — Toshkent yo`nalishida  charter reys tashkil etiladi. Bu haqda Tashqi mehnat migrasiyasi agentligi ma`lum qildi. 

Parvoziga konsullik muassasalari tomonidan fuqarolar ro`yxatga olinadi hamda Uzbekistan Airways aviakompaniyasiga taqdim etiladi va ushbu ro`yxat asosida fuqarolar samolyot bortiga kiritiladi.

Ro`yxatga birinchi navbatda bemor fuqarolar, yosh bolali va homilador ayollar hamda keksa yoshdagi fuqarolar, shuningdek bekor qilingan doimiy aviaqatnovlarga chipta xarid qilgan fuqarolar qo`yiladi.

Chiptalarni fuqarolar parvozdan 4 soat oldin xorijiy mamlakatlarning xalqaro aeroportlaridagi Uzbekistan Airways aviakompaniyasining kassalaridan olishlari mumkin bo`ladi.  

O`zbekistonga qaytgan barcha fuqarolar 14 kundan kam bo`lmagan muddatga karantin markaziga joylashtiriladi.

Bugun, 13 iyun kuni Toshkent — Moskva — Toshkent charter reysi amalga oshiriladi. 

    Boshqa yangiliklar