1

Telefoningizga begona xorij raqamidan "gudok" tashlashyaptimi? “O`zkomnazorat” firibgarlardan ogohlantirdi

Hi-tech 13.06.2020, 15:06
Telefoningizga begona xorij raqamidan "gudok" tashlashyaptimi? “O`zkomnazorat” firibgarlardan ogohlantirdi

“O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi koronavirus pandemiyasi davrida mobil aloqa operatorlarining abonentlariga nisbatan firibgarlarlik yo`li bilan hisob raqamidan pulni echib olish holatlari uchragani va kuzatilishi mumkinligi haqida ogohlantiradi.

Inspeksiyaning axborot xizmati ma`lum qilishicha, "Vangiri" nomli xorij raqamidan qo`ng`iroqni amalga oshirib, abonent ushbu raqamga qaytib qo`ng`iroq qilganidan keyin uning hisobidan katta miqdordagi mablag`ni echib olish holatlari kuzatilgan. 

Firibgarlar abonentga telefon qilib, unga javob berilmasidan ilgari aloqani uzib qo`yadi. Muayyan odamlar esa xorijdan qilingan va o`tkazib yuborilgan begona raqamga qaytib qo`ng`iroq qilishi oqibatida ularning hisobidan katta miqdordagi mablag` echib olinadi.

Shuningdek, mobil aloqa operatorlardan olingan ma`lumotlarga ko`ra, karantin davrida plastik kartalarni elektron tizimlar orqali boshqarilishida uchragan shubhali harakatlar monitoring kilinib, firibgarlikni oldini olish borasida tegishli choralar ko`rilmokda.

“O`zkomnazorat” davlat inspeksiyasi bu kabi salbiy holatlarning oldini olish uchun begona raqamdan, xorijdan qo`ng`iroq bo`lgan va u o`tkazib yuborilgan bo`lsa raqamni qaytib termaslik, plastik karta raqami, pasport seriyasi va boshqa shaxsiy ma`lumotlarni begonalarga oshkor qilmaslik, ijtimoiy tarmoqlarga joylashtirmaslikni tavsiya qiladi. 

Ma`lumot uchun: Vangiri – firibgarlik uslublaridan biri bo`lib, yapon tilidan olingan so`z hisoblanadi, sabab 2002 yilda Yaponiyada bu borada katta mojaro kuzatilgan. Firibgarlar yolg`on yo`li bilan abonentni pulli raqamga (premium-rate number) qo`ng`iroq qilishga majbur qiladi va uning hisobidan mablag` echib oladi. Firibgar pulli raqamdan qo`ng`iroq qiladi va tezda aloqani uzadi, xorijdan muhim qo`ng`iroq kutayotgan fuqaro esa bilib-bilmay mazkur raqamga qaytib qo`ng`iroq qiladi va o`z hisobidagi mablag`ning  echib olinishiga sharoit yaratib beradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1